Tashkent, June 24 -- Qirg'iziston avtomobil transportida ko'mir eksportini vaqtincha chekladi. Bu haqda 21-iyun kuni Qirg'iziston Vazirlar Mahkamasi tegishli qarorni qabul qildi.

Ko'mirni (YeOII TIF TN kodlari 2701 va 2702) olib chiqishga qo'yilgan vaqtinchalik cheklov olti oy davom etadi. Yangi tartibga ko'ra, Qirg'iziston hududidan avtomobil transportida ko'mir eksport qilish taqiqlanadi. Faqat Irkeshtam va Torug'art avtomobil o'tkazish punktlari bu taqiqdan mustasno hisoblanadi.

Shuningdek, cheklov Energetika vazirligi huzuridagi "Qirg'izko'mir" davlat korxonasiga chegara o'tkazish punktlari orqali avtotransportda ko'mir eksportini amalga oshirishda tatbiq etilmaydi.

Qayd etilishicha, qaror rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran 15 ...