Tashkent, June 11 -- O'zbekiston terma jamoasi Jahon chempionati saralashining so'nggi turida Qatarni 3:0 hisobida mag'lub etdi. Toshkentdagi "Bunyodkor" stadionida bo'lib o'tgan bahsda Azizbek Turg'unboyev, Eldor Shomurodov va Igor Sergeyev raqib darvozasini ishg'ol qildi.

Sofascore portali o'yindan keyin futbolchilarning maydondagi harakatini baholadi. Unga ko'ra, zaxiradan maydonga tushib, ikkita assist muallifiga aylangan Jamshid Iskanderov uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb e'tirof etildi - 8,1 ball.

Yarim himoyachi 62-daqiqada Azizbek Turg'unboyevning o'rniga maydonga tushib, Eldor Shomurodov hamda Igor Sergeyevning gollariga hammualliflik qildi. Shuningdek, u 28 daqiqa ichida 16 marta to'pga tegdi. Sheriklariga 10 ta pas be...