Tashkent, May 12 -- Qatar amiri AQSh prezidenti Donald Trampga Boeing 747-8 serhasham reaktiv samolyotini sovg'a qiladi. Bu haqda ABC News o'z manbalariga asoslanib xabar berdi.

Tramp sovg'adan Air Force One (prezident samolyoti) sifatida lavozimining oxiriga qadar foydalanadi, samolyot shu hafta AQSh prezidenti Qatarga tashrif buyurganida sovg'a qilinishi kutilmoqda, deyiladi xabarda.

Xabarga ko'ra, 13 yillik samolyot AQSh harbiy-havo kuchlariga topshiriladi va uchoq Amerika yetakchisini olib yurish xavfsizligi talablariga muvofiq jihozlanadi. Trampning prezidentlik muddati tugagach, mulkiy huquq Prezident kutubxonasi jamg'armasiga o'tadi.

Tramp fevral oyida Uest-Palm-Bich aeroportida turgan Boeing 747-8 ni ko'zdan kechirgandi. Samoly...