Tashkent, May 14 -- 12 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati G'uzor tumanida Ichki ishlar organlari xodimlari va haydovchilar o'rtasida tortishuv bo'lgani haqida videolar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, G'uzor tumani "Paxtazor" mahallasi hududida tuman Ichki ishlar bo'limi profilaktika inspektori va boshqarma patrul-post xizmati batalon xodimlari xizmat o'tayotgan vaqtida yuk avtomashinasining haydovchisiga to'xtash ishorasini berganda u qochishga harakat qilgan. Haydovchini to'xtatib, avtomashina hujjatlarini taqdim etishi so'ralganda fuqaro J.Sh. xodimlarning qonuniy talabini bajarmasdan, ukasi J.O. faol qarshilik ko'rsatib, qonuniy talablarni bajarmag...