Tashkent, June 26 -- Ijtimoiy tarmoqlarda Kosonda 2,5 yoshli bola xususiy bog'chada vafot etgani va bog'cha rahbari qizaloqning yaqinlariga u mashinada dimiqib vafot etganini aytgani haqida xabarlar tarqaldi.

Ushbu holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov xabar berdi.

Qayd etilishicha, marhuma qizning o'lim sababini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin Qashqadaryodagi bog'chada 2 yoshli qiz ariqqa cho'kib halok bo'lgani haqida xabar bergan edik.

Published by HT Digital Content Services with permission from UzReport....