Tashkent, April 29 -- Qamchiq dovonida Isuzu yuk mashinasi tormozi ishlamay qolishi oqibatida yo'l-transport hodisasiga uchradi. Bu haqda YHXX xabar qildi.

Holat 2025 yilning 28 aprel kuni soat 11:35 larda Qamchiq dovoni hududidan o'tuvchi A-373 Toshkent - O'sh avtomobil yo'li Toshkent - Vodiy yo'nalishining 157-kilometrida sodir bo'lgan. Qayd etilishicha, Isuzu yuk mashinasining tormoz tizimida nosozlik kelib chiqqani sababli haydovchi boshqaruvni yo'qotib, yo'lni ikkiga ajratib turuvchi temir to'siqqa urilgan.

Hodisa oqibatida Isuzu haydovchisi mashina kabinasi ichida qisilib qolgan. U qo'l sohalaridagi shilinish jarohati bilan Pop tumani tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.

Published by HT Digital Content Services with permission...