Tashkent, June 1 -- 1 iyunga o'tar kechasi Fransiyaning "Pari Sen-Jermen" (PSJ) klubi Italiyaning "Inter" klubini yirik 5:0 hisobida mag'lub etdi hamda o'z tarixida ilk bor UEFA Chempionlar Ligasida g'alaba qozondi.

Hal qiluvchi uchrashuv Germaniyaning Myunxen shahridagi "Alyans Arena" stadionida bo'lib o'tdi. Uchrashuvning 12-daqiqasida marokashlik himoyachi Ashraf Hakimi hisobni ochdi. Oradan sakkiz daqiqa o'tib, fransiyalik hujumchi Dezire Due hisobni 2:0 ko'rinishiga keltirdi. U ikkinchi bo'limda ham gol urib, dubl qayd etdi (63-daqiqa). 73-daqiqada gruziyalik vinger Xvicha Kvaratsxeliya qarshi hujumni aniq zarba bilan yakunlab, to'rtinchi golni urdi. O'yinning 86-daqiqasida esa fransuz yarim himoyachisi Senni Meyulyu 5-golni urib, o...