Tashkent, May 2 -- Prezident Shavkat Mirziyoyev Urganch shahrida barpo etilgan Kasbiy ko'nikmalar mintaqaviy markazini borib ko'rdi.

Majmua Koreya xalqaro hamkorlik agentligi - KOICAning 9 million dollarlik grant mablag'lari hisobidan qurilgan. Zamonaviy kasblar uchun zarur jihozlar, simulatsion uskunalar keltirib o'rnatilgan. Bu yerda avtomobillarga texnik xizmat ko'rsatish, payvandchilik, yuk ko'tarish mashinistligi, elektron va maishiy texnika ta'miri, mebelsozlik, sartaroshlik va kosmetologiya, mobilografiya hamda mehmonxona xizmati kabi 10 ta talab yuqori mutaxassislik o'rgatiladi.

Buning uchun qariyb 2 gektar hududda zamonaviy o'quv binolari, amaliy mashg'ulot xonalari, 64 o'rinli yotoqxona va boshqa yordamchi inshootlar qurilgan....