Tashkent, June 18 -- Prezident Shavkat Mirziyoyev Parkent tumaniga tashrif davomida "Oltin bel" cho'qqisidagi dam olish maskani va yangi loyihalar bilan tanishdi.

Xushmanzara tog' bag'ridagi 3 gektar joyda qurilgan ushbu mehmonxonalar ixchamligi va hamyonbopligi bilan ajralib turadi. Hozirda jami 188 o'rinli 2 ta mehmonxona, kapsula shaklidagi uylar, restoran va xo'jalik binolari barpo etilgan. Keyingi bosqichda yana 20 ta shunday uy qurilishi mo'ljallangan.

Shavkat Mirziyoyev mehmonxonada yaratilgan sharoitlarni ko'zdan kechirdi.

Umuman, hududda turizmni rivojlantirish maqsadida qiymati 1 milliard 800 million dollar bo'lgan 52 ta loyiha amalga oshiriladi. Natijada 3 ming 300 ta ish o'rni yaratiladi va 1 million nafar sayyohga xizmat k...