Tashkent, June 18 -- Prezident Parkent tumanidagi intensiv bog'da sarxil mevalar hosilini ko'zdan kechirdi.

"Meridian Tempo" korxonasiga qarashli ushbu 54 gektar bog'da gilos, olma, nok va malinaning eksportbop navlari ekilgan. Ko'chatlar Fransiya va Ispaniyadan keltirilgan. Daraxtlar o'zini o'zi changlatish xususiyatiga ega. Bu hosildorlik yuqori bo'lishida muhim o'rin tutadi.

Zamonaviy agrotexnologik tizimlar orqali bog'da to'liq tomchilatib sug'orish joriy etilgan. Avval suv maxsus havzada to'planadi va tabiiy nishablik orqali sug'oriladi. Bunga energiya sarflanmay, natijada xarajat va mahsulot tannarxi kamayadi. Shuningdek, bog'da quyosh panellari o'rnatilgan.

Pishib yetilgan mevalar eksportga yo'naltirilmoqda. Bu yil 256 tonna gil...