Tashkent, May 25 -- Yurtimiz elchixonasi tomonidan Polshaning Kuyaviya-Pomeraniya voyevodligi ma'muriy markazi - Torun shahridagi Nikolay Kopernik nomidagi universitetda biznes-forum va "O'zbekiston investorlar kuni" tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda O'zbekiston tomonidan "Taraqqiyot strategiyasi" markazi direktori Eldor Tulyakov, Oliy sud raisi o'rinbosari, iqtisodiy ishlar bo'yicha sudlov hay'ati raisi Shuhrat Polvonov va o'zbek ishbilarmon doiralari vakillari ishtirok etdi. Polsha tomonidan esa Taraqqiyot va texnologiyalar vazirligi, Polsha investitsiyalar va savdo agentligi, "Polsha-Osiyo" savdo palatasi, Kuyaviya-Pomeraniya voyevodligi marshal idorasi, Torun shahar meriyasi rahbariyati, hududiy savdo-sanoat palatasi hamda "Equnico", ...