Tashkent, May 15 -- O'zbekiston elchixonasi xodimlari amaliy tashrif bilan Kichik Polsha voyevodligining ma'muriy markazi Krakov shahrida bo'ldilar, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.

Safar doirasida shahar markazida joylashgan va Krakovdagi ilk o'zbek milliy taomlari restorani - "Golden Samarqand"ning ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Tadbir doirasida o'zbek va polyak ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Unda Kichik Polsha voyevodligi Marshal idorasi, Krakov shahar meriyasi va hududiy Savdo-sanoat palatasi rahbariyati va vakillari ishtirok etdi.

Muloqot davomida Samarqand viloyati va Kichik Polsha voyevodligi o'rtasida hududlararo hamkorlik hamda Samarqand va Krakov shaharlari o'rtasida birodarlik rishta...