Tashkent, May 10 -- 10 may kuni Pokiston Hindistonga qarshi "Banyan-ul-Marsus", ya'ni "Mustahkam devor" deb nomlangan keng ko'lamli harbiy operatsiya boshlanganini e'lon qildi. Bu operatsiya Hindiston tomonidan davom etayotgan "provokatsiyalar"ga javob sifatida ko'rilmoqda. Bu haqda o'z manbalariga tayanib, Geo TV xabar berdi.

Telekanalga ko'ra, Pokiston armiyasi Hindistonning bir nechta harbiy ob'ektlariga zarba bergan. Ular orasida Udxampur va Patxankot aviabazalari ham bor. Bundan tashqari, telekanal ma'lumotiga ko'ra, "BraMoc" rusumidagi kemaga qarshi tovush tezligiga ega raketalar ombori yo'q qilingan. Telekanal manbalari, shuningdek, Pokiston tomonidan uyushtirilgan kiberhujum oqibatida Hindiston elektr tarmoqlarining 70 foizi ishd...