Tashkent, May 7 -- Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif ayyor dushman Pokistonning besh hududiga qo'rqoqlarcha hujumlar uyushtirgani va Islomobod bunga javob berishini aytdi. Bu haqda siyosatchi 7 may, chorshanba kuni X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida yozdi.

Sharifning so'zlariga ko'ra, Pokiston Hindiston tomonidan o'rnatilgan bu urush aktiga qat'iy javob berishga to'liq haqli. Uning ta'kidlashicha, bunday javob allaqachon berilgan. Bundan tashqari, Shahboz Sharif mahalliy vaqt bilan chorshanba kuni ertalab soat 10 ga belgilangan Pokiston Milliy xavfsizlik kengashi yig'ilishini chaqirdi.

Islomobod Hindistonga qarshi javob zarbasini berganini ma'lum qildi. Pokiston axborot vaziri Attaulla Tararning aytishicha, Pokiston Hindistonning ikki...