Tashkent, June 22 -- Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov ko'p milliard dollarlik boyligini 100 dan ortiq farzandi o'rtasida taqsimlashini aytdi. Bu haqda Fransiyaning Le Point jurnalidagi Durov intervyusiga asoslanib, Euronews xabar berdi.

Durov hozir Telegram platformasining yagona aksiyadori hisoblanadi va u donor spermadan tug'ilgan barcha bolalari bir xil huquqlarga ega bo'lishini istaydi.

Men o'limimdan keyin ular bir-birini bo'g'izlashini xohlamayman, deb qo'shimcha qildi u.

Tadbirkorning iddao qilishicha, uning donor spermasi yordamida 12 ta davlatda 100 dan ortiq bola dunyoga kelgan. Bundan tashqari, Durov uch ayoldan tug'ilgan olti farzandning rasmiy otasi hisoblanadi.

Pavel Durovning qo'shimcha qilishicha, uning farzan...