Tashkent, June 18 -- Prezident Shavkat Mirziyoyev aholi hayoti, hududlarning iqtisodiy rivoji va yangi loyihalar bilan tanishish maqsadida 18-iyun kuni Toshkent viloyatining Parkent tumaniga tashrif buyurdi. Dastlabki manzil "Parkentsoy" turar joy massivi bo'ldi.

Hududlarni "o'sish nuqtalari"ga tayanib rivojlantirish, aholiga munosib turmush sharoitlari yaratish - davlatimiz siyosatining ustuvor yo'nalishi. Bunday o'zgarishlar Parkent tumanida ham namoyon.

Tuman markazidan oqib o'tuvchi Parkentsoy qirg'og'ida qurilayotgan ushbu massivni ekoshahar deyish mumkin. Uning umumiy maydoni olti gektar bo'lib, jami 5 ming 200 xonadonli 125 ta ko'p qavatli turar joy quriladi. Ular barcha zamonaviy kommunal tarmoqlar, energiya tejamkor texnologiya...