Tashkent, June 12 -- O'z bo'yining kaltaligidan norozi bo'lgan odamlar ko'proq hasad, rashk va raqobatchilikka moyil bo'ladi, ayniqsa o'z jinsidagilarga nisbatan. Bu xulosaga G'arbiy Sidney universiteti psixologlari keldi. Ularning tadqiqoti natijalari "Evolutionary Behavioral Sciences" (EBS) jurnalida e'lon qilindi.

Eksperimentda AQSHning 302 nafar katta yoshli fuqarosi qatnashgan. Ishtirokchilarning aniq bo'yi o'lchangan va o'z bo'yidan qanchalik norozi ekani baholangan. Keyin bu ma'lumotlar ulardagi hasad, rashk va raqobatchilikni baholash testlari natijalari bilan solishtirilgan.

Ma'lum bo'lishicha, o'z bo'yi va xohlagan bo'yi o'rtasidagi yirik farqni kuchli his qiladiganlar eng ko'p raqobatga moyillikni namoyon qilgan. Bu bog'liqli...