Uzbekistan, Feb. 6 -- Elektromobillar uchun 45 mln so'mdan 78 mln so'mgacha utilizatsiya yig'imi undiriladi. Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori 2025-yil 1-maydan kuchga kiradi.

Iqtisodchilar ushbu qarorning kuchga kirishiga o'z noroziligini bildirmoqda.

Iqtisodchi Otabek Bakirov o'zining Telegram sahifasida "gaz yo'qligi va benzin taqchilligi fonida oxirgi ilinj hisoblangan elektromobillar bilan bog'liq ikkiyuzlamachi va zararkunanda harakatlar davom etadi", deya izoh yozgan. Bakirovning fikricha, 2024-yilda boshlangan notarif cheklovlariga navbatdagi o'lpon-tovon qo'shilmoqda.

"Nima deb oqlashlaridan qatiy nazar, utilizatsiya yig'imlarining 4 karra oshirilishi O'zbekistonda elektromobil olib kelib sotuachi chayqovchiga aylangan ...