Tashkent, April 17 -- Bugun, 17 aprel kuni futbol bo'yicha Saudiya Arabistonida 17 yoshgacha bo'lgan futbolchilar ishtirokidagi Osiyo kubogi yarim final uchrashuvi bo'lib o'tadi. Ushbu musobaqada munosib ishtirok etayotgan O'zbekiston U-17 terma jamoasi final yo'llanmasi uchun KXDR terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

Ushbu uchrashuv Saudiya Arabistonining Toif shahridagi "Qirol Fahd" stadionida Toshkent vaqti bilan soat 22:15 da start oladi.

Eslatib o'tamiz, Islombek Ismoilov boshchiligidagi O'zbekiston U-17 terma jamoasi 7 aprel kuni Xitoyni 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchratib, muddatidan avval Qatarda bo'lib o'tadigan jahon chempionati yo'llanmasi bilan birga 2026 yilda bo'lib o'tadigan Osiyo kubogi musobaqasiga ham yo'llanmani q...