Tashkent, June 11 -- Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki bilan O'zbekiston yo'llarini ta'mirlash borasida hamkorlik yuzasidan kelishuvga erishildi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, kecha, 10 iyun kuni Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo'llari qo'mitasi raisi Jamshid Tursunov Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar bankining investitsiyalar bloki rahbari Konstantin Limitovskiy boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashgan.

Uchrashuvda avtomobil yo'llarini rivojlantirish borasida bank moliyaviy ko'magida amalga oshirilayotgan loyihalar va istiqboldagi hamkorlik yo'nalishlari muhokama etilgan. Jamshid Tursunov Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki bilan hamkorlikda mamlakatda yirik st...