Tashkent, May 16 -- Koronavirus bilan kasallanish holatlari butun janubi-sharqiy Osiyoda, ayniqsa Xitoyning maxsus ma'muriy hududi Gonkong va Singapurda tez sur'atlar bilan ko'paymoqda. Bu haqda The Independent xabar berdi.

Gonkong sog'liqni saqlash vakillari kasallanish holatlari soni keskin oshganini ma'lum qilgan. Epidemiyaning yangi to'lqini boshlangani ta'kidlanmoqda. Kasallanish darajasi mart oyi o'rtalarida 1,7 foizdan hozirda 11,4 foizgacha ko'tarilib, 2024-yil avgust oyida qayd etilgan eng yuqori ko'rsatkichdan oshgan.

Markazning yuqumli kasalliklar bo'limi boshlig'i Albert Au aytishicha, Gonkongda hozirda COVID-19 virusining faolligi "ancha yuqori" darajadadir.

Singapurda Sog'liqni saqlash vazirligi bir yil ichida ilk bor COV...