Tashkent, April 21 -- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistonida o'tkazilgan o'smirlar o'rtasidagi Osiyo kubogida g'alaba qozongan O'zbekiston U-17 terma jamoasini unvon va medallar bilan taqdirladi. Farmon matni prezident matbuot xizmati tomonidan e'lon qilindi.

O'zining yorqin iste'dodi va professional mahorati, ulkan azmu shijoati hamda mustahkam irodasini namoyon etib, Saudiya Arabistonida futbol bo'yicha o'smirlar o'rtasida o'tkazilgan nufuzli musobaqada mislsiz jasorat va matonat namunalarini ko'rsatgani, Osiyo kubogini qo'lga kiritib, o'zbek futboli tarixida yangi bir shonli sahifa ochgani, shuningdek, Yangi O'zbekistonning jahon miqyosidagi obro'-e'tiborini yuksaltirish, yosh avlodni milliy g'urur va vatanparvarlik ruhida tarbiyalas...