Tashkent, May 16 -- Orol dengizi tubida yuqori darajadagi sho'rlanishga chidamli o'simlik sinovdan o'tkazildi, deb xabar bermoqda Ekologiya vazirligi.

Qayd etilishicha, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan loyiha doirasida Orol dengizi qurigan tubida ekologik tiklash maqsadida istiqbolli o'simlik turlarini joriy etish yuzasidan ilmiy sinovlar olib borilmoqda.

Mazkur tadqiqotlar vazirlik tasarrufidagi O'rmon xo'jaligi ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan, qishloq xo'jaligi fanlari doktori Zinoviy Novitskiy rahbarligida amalga oshirilmoqda. Loyiha doirasida olib borilayotgan izlanishlarning asosiy maqsadi - sho'rlanish darajasi yuqori va ekstremal ekologik sharoitlarga ega hu...