Tashkent, June 20 -- AQSh prezidenti Donald Tramp ikki hafta ichida Eronga zarba berish bo'yicha bir qarorga keladi. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Kerolin Levitt navbatdagi brifingda ma'lum qildi.

Uning so'zlariga ko'ra, Amerika prezidenti Tehron bilan diplomatik hamkorlik qilish imkoniyatlariga ishonadi.

Avvalroq, Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu Kan 11 telekanali efirida yahudiy davlati Eron yadroviy inshootlariga zarba berish masalasida har qanday yordamni mamnuniyat bilan qabul qilishini aytdi.

Avvalroq The Wall Street Journal AQSh prezidenti Donald Tramp Eronga qarshi harbiy operatsiya rejasini ma'qullagani, biroq mamlakatga biroz muhlat berishga qaror qilgani haqida yozgan edi.

Published by HT Digital Content Services with ...