Tashkent, May 30 -- Avvalroq, Toshkent shahridagi "Jar" stadionida blogerlar va san'atkorlar o'rtasidagi futbol turnirida ommaviy janjal chiqqani xabar qilingan edi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 29 may kuni taxminan soat 21:00 larda Shayxontohur tumani "Jar" o'yingohida LikeCup loyihasi doirasida san'atkorlar va blogerlar o'rtasida futbol bo'yicha o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tgan. O'yin yakunlanganidan so'ng 2004 yilda tug'ilgan O.O'. ijtimoiy tarmoqlarda obunachilarini ko'paytirish va ushbu o'yinga ommani e'tiborni yanada ko'proq jalb qilish (piar) maqsadida go'yoki jamoalar o'rtasida janjal kelib chiqqanini sahnalashtirishgan.

Mazkur holat yu...