Tashkent, April 30 -- Prezident Shavkat Mirziyoyev 30-aprel kuni nodavlat ta'lim xizmatlari tizimini takomillashtirish, oliy va kasbiy ta'limda sifatni oshirish chora-tadbirlari taqdimoti bilan tanishdi.

Iqtisodiyot tarmoqlari rivoji hamda investitsiyaviy muhit, eng avvalo, kadrlar salohiyati bilan chambarchas bog'liq. Shu bois oliy va kasbiy ta'lim tizimi doimiy takomillashtirib borilmoqda.

So'nggi yillarda ta'lim sohasida xususiy sektorga berilgan imkoniyatlar tufayli 71 ta xususiy oliygoh va 51 ta xususiy texnikum tashkil etilib, ularda 500 ming nafarga yaqin talaba va o'quvchilar tahsil olmoqda. Buning natijasida mamlakatda oliy ta'lim bilan qamrov 9 foizdan 42 foizga oshdi.

Albatta, bugungacha amalga oshirilgan ishlar ko'plab yosh...