Tashkent, April 29 -- London universitet kolleji olimlari sayyorani sovitish uchun yangi samolyotlar yaratmasdan, mavjudlaridan ham foydalanish mumkinligini aniqladi. Gap Quyosh nurini qaytarib, Yerdagi haroratni pasaytirishga xizmat qiladigan mayda zarralarni atmosferaga qo'shish usuli haqida ketmoqda. Tadqiqot natijalari Earth jurnalida chop etildi.

Oldinlari buning uchun aerozollarni juda yuqoriga - ekvator hududida qariyb 20 kilometr balandlikka olib chiqish kerak deb hisoblanardi. Bu esa maxsus samolyotlarni yaratishni talab etadi.

Yangi tadqiqot natijalari esa agar zarralar Yer qutblariga yaqin hududda, masalan, Norvegiya yoki Alyaskada 13 kilometr balandlikka sochilsa, haroratning sezilarli darajada sovishiga erishish mumkinligin...