Tashkent, April 24 -- Qadimgi Mars mo'tadil sayyora bo'lib, mavsumga qarab yomg'ir va qor yog'gan, yuzasi bo'ylab soy va daryolar oqqan. AQSHning Kolorado universiteti olimlari shunday xulosaga keldi.

Olimlar sayyoraning qadimiy iqlimini uning zamonaviy landshaftini hisobga olgan holda modellashtirdi. Tadqiqot natijalariga ko'ra, yog'ingarchiliklar sayyora yuzasini milliardlab yillar avval shakllantirgan kanal tarmoqlarini suv bilan ta'minlagan.

Ko'pchilik olimlar Mars yuzasida taxminan 4,1-3,7 milliard yil oldin ma'lum miqdorda suv bo'lgan, degan fikrga qo'shiladi. Ammo uning kelib chiqish manbasi aniq emas. O'sha davrda Quyosh hozirgiga nisbatan atigi 75 foiz yorqinroq bo'lgan va nazariyalardan biriga ko'ra, Mars ekvatori atrofidagi t...