Tashkent, June 18 -- Mutaxassislarning fikriga ko'ra quyosh nuri ko'rinuvchi - kunduzgi nurlar, ko'rinmaydigan - infraqizil va ultrabinafsha nurlar kabi bir necha qismdan iboratdir. Olimlar ultrabinafsha nurlarining bir necha qismlarga bo'linishini isbotlashdi.

Ayniqsa, uning A va B turining me'yoridan ortig'i kishi organizmida salbiy oqibatlarga olib keladi.

Yoz mavsumida oftob urishi - quyosh issiqligining boshga ta'siri natijasida bosh miya faoliyatining buzilishi bilan bog'liq patologik holat sanaladi.

Bunday hol tananing ortiqcha miqdordagi issiqlikni boshqara olmasligi va o'zini yetarli darajada sovuta olmasligi oqibatida kelib chiqadi. Natijada organizmda ter ishlab chiqarish tizimining buzilishidan tashqari qon aylanish faoliya...