Tashkent, June 3 -- O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Xalqaro Tabiatni muhofaza qilish ittifoqi (IUCN) Bosh direktori Gretel Agilar bilan uchrashuv o'tkazdi.

Uchrashuvda O'zbekiston 2021-yilda IUCN'GA a'zo bo'lganidan buyon hamkorlik barqaror va konstruktiv tarzda rivojlanib borayotgani qayd etilib, Markaziy Osiyoda birinchi hisoblangan IUCN ofisining aynan O'zbekistonda ochilishiga alohida e'tibor qaratildi. Bosh vazir Xalqaro Tabiatni muhofaza qilish ittifoqi ofisi uchun Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o'zgarishini o'rganish universiteti ("Green University")ning tanlanishi ofis vakillarining ilmiy jamoatchilik bilan yaqindan aloqa o'rnatishi hamda talabalar, yosh olim va tadqiqotchilarni Ittifoq faoliyatiga jalb e...