Tashkent, May 29 -- Xitoyning Guandun provinsiyasi Shenjen shahrida "Huawei ICT Competition 2024-2025" xalqaro musobaqasining yakuniy final bosqichi bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.

Uch bosqichli - milliy, mintaqaviy va global tizim asosida o'tkazilgan musobaqalarda Toshkent axborot-texnologiyalari universitetining "Volta" jamoasi qatnashdi. Shuningdek, dunyoning 100 dan ortiq davlatlaridagi ikki mingta oliy ta'lim muassasalaridan 960 ming nafar talaba ishtirok etdi.

Musobaqaning "Innovatsiyalar tanlovi" nominatsiyasida jamoalar kundalik hayotda to'qnash keladigan muammolarni aniqlab, sun'iy intellekt, "bulutli" hisoblash, katta ma'lumotlar hamda boshqa texnologiyalardan foydalangan holda ijtimoiy va tijorat qiymatga ega bo'...