Tashkent, June 18 -- Ozarbayjonning Baku shahrida II "Viva Azerbaijan" xalqaro tanlov-festivali bo'lib o'tyapti.

Madaniyat vazirligi ma'lumotiga ko'ra, O'zbekiston nomidan ishtirok etgan "Tomosha" bolalar musiqiy teatr-studiyasi mazkur tanlovning Gran-pri sohibi bo'ldi.

Gruziya, Mongoliya, Rossiya, Qozog'iston, Qirg'iziston, Ozarbayjon, BAA vakillari qatnashgan ushbu tanlovda "Tomosha" teatr-studiyasi o'zbek milliy urf-odatlari bilan bir qatorda turli millatlar madaniyatini o'z ichiga olgan teatrlashtirilgan folklor tomoshasini namoyish etdi.

Eng oliy o'ringa loyiq ko'rilgan hamyurtlarimizning dasturi butun dunyodan yig'ilgan tomoshabinlar olqishiga sazovor bo'lib, mutaxassislar tomonidan tanlovning eng chiroyli va yorqin chiqishi deya...