Tashkent, May 12 -- O'zbekiston va Afg'oniston o'rtasidagi agrar hamkorlik yangi bosqichga chiqmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qo'shni mamlakatlar bilan do'stona munosabatlarni mustahkamlash borasidagi siyosati asosida, Afg'onistonga beg'araz ravishda qishloq xo'jaligi mahsulotlari yetkazib berildi.

Yaqinda Afg'oniston Islom Respublikasi Qishloq xo'jaligi, irrigatsiya va chorvachilik vaziri boshchiligidagi rasmiy delegatsiya O'zbekistonga tashrif buyurdi. Mehmonlar Toshkent va Samarqand viloyatlaridagi agrar korxonalar, agroklasterlar va ilmiy-tadqiqot markazlari faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Ular qishloq xo'jaligini raqamlashtirish, hosildor urug'chilik, zamonaviy sug'orish texnologiyalari hamda qayta ishlash sanoati...