Tashkent, April 24 -- Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi tomonidan yana 9 ta noyob daraxtning nomzodnomalari tayyorlandi va ular "MonumentalTress.com" xalqaro ro'yxatiga nomzod etib kiritildi.

Bular Qoraqalpog'iston Respublikasi Chimboy tumani hududidagi yoshi 100 yildan oshgan qayrag'och daraxtlari (jami 5 ta), Jizzax viloyati Jizzax shahridagi yoshi 200 yildan oshgan tut daraxti, Samarqand viloyatining Kattaqo'rg'on shahridagi 250-300 yoshli tut daraxti, Narpay tumanidagi 450 yillik hamda Payariq tumanidagi 1000 yoshdan oshgan chinor daraxtlaridir.

Ma'lumot uchun, avvalroq Jizzax viloyati Forish tumanidagi sharq biotasi daraxti (yoshi 1500 yil), Samarqand viloyati Urgut tumanidagi chinor daraxti (yo...