Tashkent, June 5 -- "Nodavlat notijorat tashkilotlarining o'tkazilishi rejalashtirilayotgan tadbirlari haqida xabardor qilish tartibi to'g'risidagi nizomga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish" haqida adliya vaziri buyruq chiqardi.

Avgust oyidan boshlab O'zbekistonda faoliyat yuritayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari (NNT) o'z xodimlarining xorijiy safarlari haqida Adliya vazirligini xabardor qilishi kerak bo'ladi. Bu haqda adliya vazirining buyrug'ida keltirilgan.

Qayd etilishicha, xabarnoma jo'nashdan kamida yetti kun oldin yuborilishi kerak.

Unda safarning asosi va maqsadi, uni moliyalashtirish manbalari, uchrashuv yoki tadbir o'tkaziladigan manzil ko'rsatiladi.

Shuningdek, tegishli adliya organlarida davlat ro'yxatidan o'tga...