Tashkent, June 21 -- O'zbekiston elchisi Abdusalom Xatamov "Asrlar osha O'mon tarixi" muzeyi rahbari al-Yaqzan bin Abdulloh al-Harisiy bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.

Suhbat davomida O'zbekiston-O'mon o'rtasidagi madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish, tarixiy va diniy-ma'rifiy merosni o'rganish sohasida tajriba almashish hamda ushbu jabhalarda qo'shma loyihalarni amaliyotga tatbiq etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Mamlakatimiz diplomatik missiyasi rahbari yuritimizda Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan barpo etilayotgan O'zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyati va uni barpo etish g'oyasi haqida so'zlab berdi.

Muloqot yakunida, "Asrlar osha O'mon tarixi muzeyi" hamda O'zbe...