Tashkent, June 20 -- Xalqaro valuta jamg'armasi o'z ustavining IV moddasi bo'yicha O'zbekiston bilan yillik konsultatsiyasini yakunladi.

XVJ ekspertlariga ko'ra, O'zbekistonda iqtisodiy barqarorlik saqlanib qolyapti. Xususan, 2024 yilda YaIM o'sishi 6,5 foizni, 2025 yilning birinchi choragida 6,8 foizni tashkil etdi. Joriy operatsiyalar hisobi taqchilligi pul o'tkazmalari, oltin bilan bog'liq bo'lmagan eksportning o'sishi, xomashyo narxlarining ijobiy dinamikasi va 2023 yilda importning bir martalik ko'tarilishi ta'sirining tugashi tufayli 2024 yilda YaIMga nisbatan 2,6 foiz bandga qisqarib, 5 foiz atrofida shakllandi. Xalqaro zaxiralar yuqoriligicha qolyapti. 2024 yilda konsolidatsiyalashgan budjet taqchilligi YaIMga nisbatan 1,7 foiz b...