Tashkent, May 4 -- Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi delegatsiyasining Xitoyga tashrifi davomida bir qator kelishuvlarga erishildi. Vazirlik matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, Xitoyning Shinjon-Uyg'ur avtonom rayoniga 28-30-aprel kunlari amalga oshirgan xizmat safari davomida ikki tomonlama aloqalarni yanada kengaytirish, o'zaro manfaatli investitsiya loyihalarini muhokama qilish hamda mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish maqsadida bir qator tashkilotlar bilan hamkorlik uchrashuvlari tashkil etildi.

BMTning Savdo-sotiq va rivojlanish komissiyasi eksperti va Space Techtronic Industries Services (Shenzhen) Co., Ltd. vakillari bilan texnologiyalarni Xitoydan O'zbekistonga transfer qilish jarayonlarini muvofiqlashtiruvchi max...