Tashkent, April 16 -- O'zbekistonda moped va skuter haydovchilari uchun guvohnoma talab qilish muddati 2025 yil 1 oktyabrga qadar uzaytirildi.

Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 8 iyuldagi qaroriga ko'ra, 2025 yil 1 martdan boshlab moped va skuterni boshqarish uchun tegishli toifadagi haydovchilik guvohnomasiga ega bo'lish talab etilishi belgilangan edi.

Hukumatning 12 apreldagi qaroriga ko'ra, yuqoridagi muddat 2025 yil 1 oktyabr etib o'zgartirildi.

Avval 2025 yil 1 mart sanasi belgilangan bo'lsa, endilikda bu talab 2025 yil 1 oktyabrdan boshlab kuchga kiradi.

Published by HT Digital Content Services with permission from UzReport....