Tashkent, May 28 -- O'zbekiston elchisi Ravshan Usmanov Britaniya parrandachilik kengashi ijrochi direktori Richard Griffits bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.

Unda, shuningdek, naslli parranda yetishtirish bo'yicha dunyodagi eng ilg'or kompaniyalardan biri - "Aviagen Group"ning Britaniya ofisi rahbari Bleyk Uilyamson onlayn tarzda ishtirok etdi.

Richard Griffitsning ta'kidlashicha, Kengashga a'zo kompaniyalar Britaniyada parranda go'shti ishlab chiqarishning 2/3 qismini qoplaydi. Ular mazkur yo'nalishdagi butun oziq-ovqat zanjirini qamrab olgan: naslchilik, inkubatsiya, parvarish, so'yish, qayta ishlash va qadoqlash. Sohada 35 mingdan ortiq ish o'rni mavjud. Britaniya kompaniyalari ayniqsa zotdor, nasl olinadigan tovuqlar ...