Tashkent, May 3 -- 1 may holatiga, O'zbekistonda elektromobillarni quvvatlash stansiyalari soni 1399 taga yetdi. Bu - bir yil oldingidan 2,5 barobarga ko'p. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar bermoqda.

Quvvatlash stansiyalarining 820 tasi yoki 59 foizi Toshkent shahrida joylashgan. Toshkent viloyatida 154 ta stansiya mavjud.

Namanganda 70 ta, Samarqandda 67 ta, Jizzaxda 50 ta quvvatlash stansiyasi bor. Bunday nuqtalarning soni Farg'onada 43 ta, Buxoroda 39 ta, Qashqadaryoda 32 ta, Surxondaryoda 27 ta, Andijonda 26 ta, Navoiyda 23 ta, Xorazmda 21 ta, Qoraqalpog'istonda 14 ta, Sirdaryodda 13 tani tashkil etadi.

Respublika bo'ylab elektromobillarni quvvatlash stansiyalaridan 92 ming kishi foydalanamoqda.

Published by HT Digit...