Tashkent, June 26 -- Turizm qo'mitasi raisi Umid Shadiyev Londonda "Bolt" kompaniyasining Hamkor bozorlar bo'yicha global direktori Gert-Yan Kistemaker bilan uchrashdi.

Uchrashuvda O'zbekistonda "Bolt" platformasini ishga tushirish istiqbollari muhokama qilindi. Xususan, taksi, oziq-ovqat va yuk yetkazib berish, elektrosamokatlar xizmati kabi yo'nalishlarni o'z ichiga olgan platforma mahalliy aholi va xorijiy sayyohlar uchun qo'shimcha qulayliklar yaratishi qayd etildi.

Tomonlar O'zbekistonning yirik shaharlaridan birida pilot loyihani amalga oshirish va uni kelajakda kengaytirishga qiziqish bildirdilar.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin Londonda O'zbekistonning turizm salohiyati va madaniyati targ'ib qilingani haqida xabar bergan edik.

P...