Tashkent, June 14 -- Jeneva shahrida Senat raisi, Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo'yicha milliy komissiya raisi Tanzila Norboyeva Better Cotton xalqaro tashkiloti bosh direktori Alan Makkley bilan uchrashuv o'tkazdi.

Unda O'zbekistonda Better Cotton dasturini amalga oshirish jarayonlari va bu yo'nalishdagi hamkorlikni yana-da kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Suhbat chog'ida Better Cotton dasturining nafaqat sertifikatlashtirish vositasi, balki ekologik, ijtimoiy va mehnat amaliyotlarini yaxshilashga xizmat qiluvchi platforma sifatidagi ahamiyatiga alohida urg'u berildi.

Shu bilan birga, dasturda ishtirok etish orqali O'zbekiston ishlab chiqaruvchilari uchun jahon bozorlariga chiqish imkoniyatlari...