Tashkent, June 20 -- 19-iyun kuni Vyetnamning Vungtau shahrida sport kurashlari bo'yicha U-17 va U-23 yosh toifalaridagi Osiyo chempionati boshlandi.
Milliy Olimpiya qo'mitasi ma'lumotiga ko'ra, U-23 toifasidagi "klassik" kurashchilarning chiqishi bilan start olgan musobaqaning ilk kunidayoq, O'zbekiston terma jamoasi 2 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medallariga sazovor bo'ldi.
Jumladan, -72 kg vaznda Abdulla Aliyev, - 82 kg vaznda Samandar Bobonazarov oltin, -60 kg vaznda Mehroj Bahromov kumush, -67 kg vazn toifasida Og'abek Muqimov bronza medallarini terma jamoamiz hisobiga yozib qo'ydilar.
Published by HT Digital Content Services with permission from UzReport....
Click here to read full article from source
To read the full article or to get the complete feed from this publication, please
Contact Us.