Tashkent, June 14 -- O'zbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva "Moody's" xalqaro reyting agentligi tomonidan O'zbekistonning kredit reytingi bo'yicha prognozni oshirganini yuqori baholadi.

"Moody's" xalqaro reyting agentligi O'zbekistonning suveren kredit reytingi bo'yicha prognozini "barqaror"dan "ijobiy"ga o'zgartirganini maʼlum qilishdan xursandman. Bu prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan islohotlar dasturiga berilgan ijobiy baho, shuningdek, tanlangan yo'l to'g'riligining tasdig'i bo'ldi, deb yozdi Saida Mirziyoyeva.

Uning taʼkidlashicha, bugungi kunda O'zbekiston xorijiy investorlar tomonidan global beqarorlik sharoitida ham barqaror o'sishga qodirligini namoyon etayotgan ishonchli hamkor sifatida qabul qi...