Tashkent, June 3 -- Forum yakunlari bo'yicha bugun, 2 iyun kuni Vazirlar Mahkamasida O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Xitoy delegatsiyasi rahbari - Xitoy Xalq Siyosiy maslahat Kengashining raisi o'rinbosari, ShHTning qo'shnichilik, do'stlik va hamkorlik bo'yicha Xitoy qo'mitasi raisi Shen Yueyue bilan uchrashuv o'tkazdi.

Uchrashuv avvalida Shen Yueyue xonim Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin va Xitoy Xalq Siyosiy maslahat kengashi raisi Van Xuninning O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga yo'llangan samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazib qo'yishni so'radi.

Bugun ikki davlat o'rtasidagi hamkorlik barcha sharoitlarda har tomonlama strategik sheriklik darajasiga ko'tarildi. Bunda, shubhasiz, mamlakatlarim...