Tashkent, May 23 -- O'zbekiston elchixonasi ko'magida "O'zeltexsanoat" uyushmasi vakillarining 20-22-may kunlari Singapurda bo'lib o'tgan "SEMICON Southeast Asia 2025" (SEA) xalqaro ko'rgazmasida ishtiroki uyushtirildi.

Ko'rgazmada uyushma vakillari jahon iqtisodiyotining eng ilg'or sohalaridan biri bo'lgan mikroelektronika hamda yarimo'tkazgichlar sanoatida mavjud yangi texnologiyalar va ishlanmalar bilan tanishdilar.

Tadbir doirasida "O'zeltexsanoat" uyushmasi, Singapurning Yarimo'tkazgichlar sanoati uyushmasi va Mikroelektronika ilmiy-tadqiqot instituti o'rtasida o'zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Mazkur hujjat ikki mamlakat o'rtasidagi o'zaro manfaatli texnologik hamkorlikni yana-da kengaytirishga xizmat qiladi. Xususan, kadrl...