Tashkent, June 24 -- Ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Mo'g'uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux o'tkazilgan muzokaralar natijalariga doir fikrlarini bayon qildilar.

Davlatimiz rahbari o'z nutqining boshida do'st Mo'g'uliston xalqini yaqinlashib kelayotgan milliy bayram - Xalq inqilobi kuni bilan samimiy muborakbod etdi.

- Mo'g'ulistonlik do'stlarimizning ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishdagi e'tiborga loyiq muvaffaqiyatlari va yutuqlaridan chin dildan xursandmiz, sizning tinchliksevar tashqi siyosatingizni to'la qo'llab-quvvatlaymiz, - dedi mamlakatimiz yetakchisi.

Bugungi kunda Mo'g'uliston iqtisodiyoti barqaror yuqori o'sish sur'atlarini ko...