Tashkent, May 14 -- 2025-yil 13-may kuni Turizm qo'mitasi raisi Umid Shadiyev Mo'g'ulistonning O'zbekistondagi elchisi Batbaatar Daadanxuu va ushbu davlatning "Hunnu Air" aviakompaniyasi bosh direktori Monxjargal Purevjal bilan uchrashdi.

Muzokaralar davomida O'zbekistonda turizm sohasini rivojlantirish, xorijiy va mahalliy sayyohlar oqimini oshirish, ushbu sohada faoliyat yuritayotgan xususiy tadbirkorlarga qulay sharoitlar yaratish bo'yicha olib borilayotgan ishlar to'g'risida batafsil ma'lumot berildi. Davlatimiz Rahbari tomonidan Mo'g'uliston bilan hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, turizm sohasida aloqalarni mustahkamlash borasida belgilab berilgan topshiriq va vazifalarni bajarish choralariga alohida to'xtab o'tildi.

Mo'g'ulist...