Tashkent, April 30 -- 29-aprel kuni Nyu-York shahrida O'zbekiston va Kot-d'Ivuar Respublikasi o'rtasida diplomatik munosabatlar o'rnatish to'g'risidagi Qo'shma kommyunike imzolandi.

Ikki mamlakat hukumatlari nomidan hujjatni O'zbekistonning BMTdagi doimiy vakili Ulug'bek Lapasov va Kot-d'Ivuarning BMTdagi doimiy vakili Tiyemoko Moriko imzoladi.

Tomonlar xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMT va uning ixtisoslashgan muassasalari doirasida qo'shma hamkorlikni mustahkamlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikning o'zaro manfaatli yo'nalishlarini topish uchun ikki tomonlama aloqalarni faollashtirish bo'yicha kelishuvga erishildi.

Shu tariqa, G'arbiy Afrikada joylashgan Kot-d'I...